Myunxenning "Bavariya" klubida to‘p surayotgan yosh iste’dod sohibi Lennart Karl futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionati uchun Germaniya milliy jamoasi tarkibiga chaqiruv oldi, deb xabar bermoqda Sports.kz.
Nemis jurnalisti va insayderi Florian Plettenberg ma’lumotiga ko‘ra, «bundestim» bosh murabbiyi Yulian Nagelsman bu quvonchli xabarni 18 yoshli vingerga shaxsan yetkazgan.
Ta’kidlash joiz, Lennart Karl «Bavariya» asosiy jamoasidagi ilk to‘liq mavsumida barcha musobaqalar doirasida 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadi. Germaniya YE guruhidan joy olgan bo‘lib, unda Kyurasao, Kot-d’Ivuar hamda Ekvador terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.













