Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/07 20:00 Andijon 2-0 Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv 3-1 So‘g‘diyona
28/07 20:00 Nasaf - Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm - Surxon
28/07 20:00 Neftchi - Navbahor
29/07 20:00 Dinamo - Qo‘qon-1912

«Bavariya» prezidenti Olisening transferi haqida: «Uning ketishi haqida o‘ylashga hech qanday sabab yo‘q»

«Bavariya» prezidenti Olisening transferi haqida: «Uning ketishi haqida o‘ylashga hech qanday sabab yo‘q»

Baho:
+ | -2

«Bavariya» rahbari Gerbert Xayner Maykl Olisening kelajagi haqida fikr yuritdi. Fransuzlik vinger Myunxen grandi tarkibida dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylandi. Mish-mishlar futbolchini doimiy ravishda Angliyaga qaytishi mumkinligi bilan bog‘lamoqda, shuningdek, Yevropaning boshqa top-klublari tomonidan bo‘layotgan qiziqishlar haqida ham gap-so‘zlar yuribdi.

«Biz Oliseni mutlaqo o‘z safimizda saqlab qolmoqchimiz. Uning shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Maykl top-darajadagi jamoada o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgach, aql bovar qilmas darajada o‘sishga erishdi. Bizning hujum chizig‘imiz juda kuchli — kamdan-kam klublar bunday hujum vakillari bilan maqtana oladi. Bu ham Olisening foydasiga ishlaydi. Bu yerda u har mavsumda barcha sovrinlar uchun kurasha oladi. Men uning vaziyatida jamoadan ketish haqida o‘ylashga hech qanday sabab ko‘rmayapman», — dedi Xayner Sport Bild nashriga bergan intervyusida.

Shanba kuni «Bavariya» Germaniya Kubogi finalida «Shtutgart»ga qarshi maydonga tushadi. Bundan avval Vensan Kompani shogirdlari Bundesliga chempionligini qo‘lga kiritishgan edi.

Kiritildi: 12:05, 20.05.2026.
O'qildi: 547 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик