Londonning «Arsenal» klubi himoyachisi Rikardo Kalafyori jamoaning APLdagi chempionligiga his-tuyg‘ularga boy tarzda munosabat bildirdi. 19 may kuni italiyalik futbolchi 24 yoshni qarshiladi. Londonliklar «Manchester Siti»ning «Bornmut» bilan durangidan (1:1) so‘ng, oxirgi 22 yil ichida ilk bor muddatidan oldin chempionlik unvonini rasmiylashtirishdi. «Arsenal» futbolchilari uchrashuvni o‘zlarining mashg‘ulot bazasidan kuzatib borishdi va hakamning final hushtagi chalinishi bilan bayramni boshlab yuborishdi.
«Hayotimdagi eng yaxshi tug‘ilgan kun», — deb yozdi futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda chempionlik tantanalaridan olingan suratlarni joylashtirib. Keyinroq esa u o‘zining ilk klubi «Petriana Kalcho»dagi sovrin bilan tushgan bolalikdagi suratini ulashib, unga: «Angliya chempioni», deya izoh qoldirdi.
«Kanonirlar» safidagi debyut mavsumida «Bolonya» va «Roma»ning sobiq a’zosi 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta ogohlantirish oldi, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













