Himoyachi Antonio Ryudigerning kelajagi borasidagi masala hali yopilgani yo‘q. Jurnalist Mario Kortegananing xabar berishicha, Ryudiger "Real" bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha hali kelishuvga erishmagan. Vaziyat mavhumligicha qolayotgani qayd etilmoqda — Ryudigerning kelajagiga bag‘ishlangan uchrashuvlar keyingi haftada bo‘lib o‘tishi mumkin.
Antonio Ryudigerning "Real" bilan amaldagi shartnomasi shu iyun oyining oxirigacha mo‘ljallangan. Avvalroq matbuotda germaniyalik futbolchi bitimni yana bir mavsumga uzaytirishga kelishib olgani haqida yozilgan edi. Ko‘rinishidan, ayrim insayderlar voqealarni tezlashtirib yuborishgan.
Ryudiger "Real" libosida 182 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.













