Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Reshford «Barselona»da qolish uchun maoshi kamayishiga rozi bo‘ldi

Reshford «Barselona»da qolish uchun maoshi kamayishiga rozi bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Barselona» Markus Reshfordni jamoada saqlab qolmoqchi.

Joriy mavsumda «MYU»dan ijara asosida to‘p surgan ingliz vingeri bosh murabbiy Xans-Diter Flik boshchiligidagi murabbiylar shtabida katta taassurot qoldirdi va klub hozircha uning pozisiyasi uchun boshqa variantlarni ko‘rib chiqmayapti.

Iyun oyining yakuniga qadar Reshfordni 30 million yevro evaziga sotib olish huquqi amal qiladi va «Barsa» rahbariyati bunday mablag‘ evaziga uning darajasidagi futbolchini topish qiyin deb hisoblamoqda.

Marca nashrining xabar berishicha, Reshfordning o‘zi ham «Barselona»dan ketishni istamayapti. Futbolchi jamoada qolish uchun maoshining kamaytirilishiga ham rozi va bu haqda klub rahbariyatiga ma’lum qilib bo‘lgan.

Kiritildi: 07:25, 21.05.2026.
O'qildi: 544 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик