Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

«Manchester Siti» vingerini 50-60 million yevro evaziga sotishga tayyor

«Manchester Siti» vingerini 50-60 million yevro evaziga sotishga tayyor

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» futbolchisi Savio yozgi transfer oynasida klubni tark etishi mumkin. Angliya grandi rahbariyati doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan braziliyalik futbolchi bilan xayrlashishga tayyor.

The Touchline nashrining ESPN portaliga tayanib xabar berishicha, agar 22 yoshli vinger uchun 50-60 million yevro miqdorida taklif tushsa, «shaharliklar» uni qo‘yib yuborishadi. O‘tgan yili «Tottenxem» Savioni o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rgan edi, biroq o‘shanda «Manchester Siti» uni sotishni rad etgandi.

Transfermarkt portali tomonidan 40 million yevroga baholangan futbolchi joriy mavsumda Xosep Gvardiola jamoasi safida barcha turnirlarda 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 08:02, 21.05.2026.
O'qildi: 852 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик