Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Fabrisio Romano: Rodri «Real»ga o‘tishni xohlamoqda, ammo transferda muammo bor

Fabrisio Romano: Rodri «Real»ga o‘tishni xohlamoqda, ammo transferda muammo bor

Baho:
+ | -

Nufuzli insayder Fabrisio Romano yarim himoyachi Rodrining «Real» bilan bog‘lanayotgani haqidagi mish-mishlar bo‘yicha ma’lumot berdi. Romanoning xabar qilishicha, 29 yoshli Rodri «Real Madrid»ga o‘tishni istaydi. Futbolchi Madridga ko‘chib o‘tishga tayyor, biroq bu yerda bir muammo bor — Madrid klubi yarim himoyachining transferi uchun ko‘p pul sarflashni xohlamayapti.

Bunga Rodrining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtasiga qadar mo‘ljallangani sabab bo‘lmoqda. Ya’ni, agar u shartnomasini uzaytirmasa, bir yildan keyin Rodrini erkin agent sifatida tekinga qo‘lga kiritish imkoniyati tug‘iladi.

Transfermarkt portali Rodrini 65 million yevroga baholamoqda. Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik futbolchi 2024 yilda «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritgan edi.

Kiritildi: 08:05, 21.05.2026.
O'qildi: 646 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик