Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Fabrisio Romano: «Barselona» Alessandro Bastoni transferidan voz kechdi

Fabrisio Romano: «Barselona» Alessandro Bastoni transferidan voz kechdi

Baho:
+ | -

«Barselona» klubi Milanning «Inter» jamoasi markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni transferidan voz kechishga majbur bo‘ldi. Klublar futbolchini butunlay boshqacha baholashayotgani sababli ushbu kelishuv to‘liq «muzlatildi», deya tasdiqlamoqda insayder Fabrisio Romano.

«Neradzurrilar» Bastonini faqatgina «juda manfaatli» taklif tushgan taqdirdagina sotish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor edi, «ko‘k-anorranglilar» esa ushbu transferni 45-50 million yevro evaziga hal qilishni rejalashtirgandi.

Manbaning ta’kidlashicha, kataloniyaliklarda 27 yoshli futbolchini bunday narxga sotib olish uchun hech qanday imkoniyat yo‘q edi. Transfermarkt bahosiga ko‘ra, Alessandro Bastonining bozor qiymati 70 million yevroni tashkil etadi. Italiyalik himoyachining «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 08:46, 21.05.2026.
O'qildi: 427 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик