Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

«PSJ» Matvey Safonovning kelajagi borasida bir qarorga keldi

«PSJ» Matvey Safonovning kelajagi borasida bir qarorga keldi

Baho:
+ | -

Fransiyaning «PSJ» klubi «Portu» darvozaboni Diogu Koshtaning transferiga qiziqish bildirmoqda. Portugaliyalik posbon jamoada yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirishga yaqin turgan Lyuka Shevalyening o‘rnini egallashi mumkin.

«Yahoo Sports» jurnalistlarining xabar berishicha, Koshtaning ehtimoliy transferi fonida parijliklar Matvey Safonovning kelajagi borasida bir qarorga kelishdi. Fransiya chempionlari rossiyalik darvozabonni jamoada saqlab qolmoqchi. Klub rahbariyati golkiperning yakunlanib borayotgan mavsumdagi o‘yin darajasidan to‘liq qoniqish hosil qilgan.

Joriy mavsumda Matvey «PSJ» safinda 26 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Rossiyalik posbon o‘z darvozasidan 27 ta gol o‘tkazib yubordi va 12 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Kiritildi: 12:13, 21.05.2026.
O'qildi: 204 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик