«Kristal Pelas» markaziy himoyachisi Maksans Lakrua Londonning boshqa bir klubi — «Chelsi»ga ko‘chib o‘tishi mumkin. «Aristokratlar» 26 yoshli futbolchini o‘zlarining ustuvor transfer nishoni sifatida belgilab olishgan, deya xabar bermoqda jurnalist Ekrem Konur.
Fransiyalik futbolchining qiymati «Transfermarkt» portali tomonidan 40 million yevroga baholangan, uning «burgutlar» bilan amaldagi shartnomasi esa 2029 yilning o‘rtasiga qadar mo‘ljallangan.
Maksans Lakrua Fransiya terma jamoasining bo‘lajak jahon chempionati uchun yakuniy qaydnomasidan joy oldi. Joriy mavsumda futbolchi «Kristal Pelas» safida 54 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi, «uchranglilar» (Fransiya terma jamoasi) safinda esa 2 bor maydonda ko‘rinish berdi.













