Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

«MYU» va «Liverpul» Gleyson Bremer transferi uchun kurashmoqda

«MYU» va «Liverpul» Gleyson Bremer transferi uchun kurashmoqda

Baho:
+ | -

«Yuventus» markaziy himoyachisi Gleyson Bremerning nomi yana Angliyaga ko‘chib o‘tish bilan bog‘lanmoqda.

29 yoshli futbolchiga «Manchester Yunayted» va «Liverpul» klublari qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda Transfer News Live nashri La Gazzetta dello Sportga tayanib.

Agar «byankoneri» joriy mavsum yakunlariga ko‘ra Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan mahrum bo‘lsa, braziliyalik himoyachi jamoadan ketish imkoniyatini jiddiy ravishda ko‘rib chiqishi mumkin.

Luchano Spalletti qo‘l ostidagi jamoa A Seriyaning so‘nggi turi oldidan turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi. Gleyson Bremerning Transfermarkt saytidagi transfer bahosi 35 million yevroni tashkil etadi. Markaziy himoyachining «keksa sinyora» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 12:39, 21.05.2026.
O'qildi: 321 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик