Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Mourinyo «Real»ga ikki nafar himoyachini sotib olmoqchi

Mourinyo «Real»ga ikki nafar himoyachini sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

Joze Mourinyo «Real»ga kelganidan so‘ng mudofaa chizig‘ini kuchaytirishni istamoqda. Jurnalist Migel Serrano bergan ma’lumotlarga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis «Inter» himoyachisi Alessandro Bastonining transferini talab qilmoqda.

Italiyalik futbolchi Mourinyo uchun birinchi raqamli tanlov hisoblanadi. Bundan tashqari, Italiya terma jamoasi Jahon chempionatida ishtirok etmasligi sababli, Bastoni portugaliyalik murabbiy qo‘l ostida mashg‘ulotlarni barvaqt boshlashi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, Mourinyo «Real Sosyedad» himoyachisi Xon Martinni ham «Real»da ko‘rishni xohlayapti, biroq bu ikkala futbolchining bir vaqtda transfer qilinishi ehtimoli past deb baholanmoqda.

Joriy mavsumda Xon Martin «Real Sosyedad» safida barcha turnirlarda 32 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi. Alessandro Bastoni esa «Inter» uchun 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 6 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 15:13, 21.05.2026.
O'qildi: 603 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик