Avvalroq «Sautgempton» klubi raqibning mashg‘ulotlarini yashirincha kuzatgani sababli Chempionship pley-off bosqichidan chetlashtirilgan edi. Mirror nashriga ma’lum bo‘lishicha, «Manchester Yunayted» ushbu vaziyatdan unumli foydalanib qolishi mumkin — klub «avliyolar»ning 22 yoshli yarim himoyachisi Shi Charlzga qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, ayni damda «qizil iblislar» «Sautgempton» atrofida sodir bo‘layotgan voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib borishmoqda. Shi Charlz — «Manchester Siti» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U «Sautgempton» safiga 2023 yilda kelib qo‘shilgan edi. Joriy mavsumda tayanch yarim himoyachisi barcha turnirlarda 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. «Transfermarkt» portali ekspertlari Charlzning transfer qiymatini 12 million yevroga baholashmoqda.













