Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Dembele YECHL finali oldidan «Arsenal»ning eng xavfli jihatini aytdi

Dembele YECHL finali oldidan «Arsenal»ning eng xavfli jihatini aytdi

Baho:
+ | -

«PSJ» hujumchisi Usmon Dembele Londonning «Arsenal» klubi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Parijliklar 30 may kuni bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi finalida aynan «to‘pchilar»ga qarshi maydonga tushishadi.

«Finalda har qanday narsa sodir bo‘lishi mumkin. Menimcha, «Arsenal» haqqoniy ravishda Angliya chempioniga aylandi. Ularda juda shakllangan jamoa bor — futbolchilar to‘rt-besh yildan beri birga to‘p surishmoqda. Oxirgi yillarda ular doimiy ravishda cho‘qqiga yaqin kelishayotgandi.

«Arsenal» himoyada ham, hujumda ham juda kuchli, standart vaziyatlarida esa undan ham xavfliroq. Biz raqibga o‘ta jiddiy yondashishimiz shart», — deya «RMC Sport» Dembelening so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, hal qiluvchi final uchrashuvi Budapesht shahrida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 09:27, 22.05.2026.
O'qildi: 425 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик