«Nottingem Forest» yarim himoyachisi Elliot Anderson «Manchester Siti»ga o‘tishga juda yaqin turibdi. «Shaharliklar» 23 yoshli futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi — kelishuv 2031 yilgacha mo‘ljallangan. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Endi «Siti» rahbariyati «o‘rmonchilar»ni ushbu transferga rozi qilishi kerak — klublar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda. Transfermarkt portali Elliot Andersonning bozor qiymatini 60 million yevroga baholagan. Iqtidorli xavbekka, shuningdek, «Manchester Yunayted» klubi ham qiziqish bildirgan edi.
Joriy mavsumda futbolchi «Nottingem Forest» safida barcha turnirlarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 5 ta golli uzatmani yozdirib qo‘yishga ulgurdi.













