Madridning «Real» va «Barselona» klublari «Chelsi» himoyachisi Levi Kolvillning harakatlarini kuzatib borishmoqda. Bu haqda Sports Boom nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Ispaniyaning har ikki grandi 22 yoshli ingliz futbolchisini yozgi transfer oynasida sotib olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. London klubi jamoaning eng istiqbolli himoyachilaridan biri bilan arzonga xayrlashish niyatida emas va Kolvillni taxminan 95 million yevroga baholamoqda. «Real» va «Barselona» esa taxminan 65 million yevro taklif qilishga tayyor, bu ingliz klubining talablaridan ancha pastdir.
Manbaning hisoblashicha, narx borasidagi bunday katta farq tufayli ehtimoliy kelishuv amalga oshishi amrimahol bo‘lib turibdi. Bundan tashqari, «Chelsi» rahbariyati jamoa mudofaa chizig‘idagi beqaror o‘yinlar fonida yosh himoyachini sotib yuborishni xavfli qadam deb hisoblamoqda.
Joriy mavsumda Kolvill jarohatlar tufayli muammolarga duch keldi va bor-yo‘g‘i 4 ta uchrashuvda maydonga tushdi, xolos. Bundan avval u «Brayton»dagi ijara muddati davomida APLda o‘zini ko‘rsatishga ulgurgan edi.













