«Barselona» klubi hujumchi pozisiyasini kuchaytirish uchun kattagina mablag‘ sarflashga tayyor. Robert Levandovski jamoani erkin agent sifatida tark etadi, uning o‘rniga esa, chamasi, qimmatbaho futbolchi sotib olinadi.
«Mundo Deportivo» nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Kataloniya grandi rahbariyati yangi forvard transferi uchun taxminan 100 million yevro ajratadi. Avvalroq xabar berilganidek, «ko‘k-anorranglilar»ning bosh maqsadlari sifatida mos ravishda «Atletiko», «Chelsi» va «Bavariya» sharafini himoya qilayotgan Xulian Alvares, Joao Pedro va Xarri Keyn ko‘rilmoqda.
«Barsa»ning 100 million yevro yoki undan ko‘proq summaga amalga oshirgan so‘nggi xaridi 2019 yilga to‘g‘ri keladi — o‘shanda Madridning «Atletiko» klubidan 120 million yevro evaziga Antuan Grizmann sotib olingan va keyinchalik u yana «matraschilar» lageriga qaytgan edi.













