Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

APLda 24 ta golli harakat amalga oshirgan futbolchi JCH-2026 uchun Angliya qaydnomasidan chetda qoldi

APLda 24 ta golli harakat amalga oshirgan futbolchi JCH-2026 uchun Angliya qaydnomasidan chetda qoldi

Baho:
+ | -

«Nottingem Forest» klubining hujumkor yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uayt ham 2026 yilgi Jahon chempionatiga bormaydi. Bu haqda «The Telegraph» nashri xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, ingliz futbolchisi yakuniga yetib borayotgan mavsumda «o‘rmonchilar» safida barcha turnirlarda jami 24 ta golli harakatni amalga oshirdi — u o‘z hisobiga 17 ta gol va 7 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Shuningdek, u 2025/2026 yilgi mavsumda APLning eng yaxshi futbolchisi unvoniga nomzodlar qatoridan joy olgan.

Avvalroq turli manbalar Koul Palmer, Garri Maguayr, Lyuk Shou, Fil Foden, Fikayo Tomori va Adam Uorton kabi yulduzlar ham Jahon chempionatiga bormasligi haqida xabar tarqatgan edi. Shu bilan bir vaqtda, Den Byorn, Ayven Toni va Noni Madueke turnirga yo‘l olishi aniq bo‘lgan.

Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati startiga uch hafta vaqt qoldi.

Kiritildi: 11:47, 22.05.2026.
O'qildi: 1460 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик