Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

«Tottenxem» Meret transferini ko‘rib chiqmoqda

«Tottenxem» Meret transferini ko‘rib chiqmoqda

Baho:
+ | -

«Napoli» golkiperi Aleks Meret yozgi transfer oynasida klubni tark etishi mumkin. 29 yoshli italiyalik posbonga da’vogarlardan biri Londonning «Tottenxem» klubi hisoblanadi, deb xabar bermoqda «Area Napoli» portali.

Londonliklarning Meretga bo‘lgan qiziqishi ilk bor 2023 yilda, klub Ugo Lyorisga o‘rinbosar izlayotgan mahalda paydo bo‘lgan edi, biroq o‘shanda neapolitanliklar darvozabonni sotishni rad etishgan. Natijada «shporlar» «Empoli»dan Gulyelmo Vikarioni transfer qilishgan edi.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, ayni damda vaziyat o‘zgargan: jamoaga Vanya Milinkovich-Savich kelib qo‘shilganidan so‘ng, Meret asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotdi va klubdan ketishga tobora yaqinlashmoqda. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda bor-yo‘g‘i 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi, xolos.

«Tottenxem»dan tashqari, yuzaga kelgan vaziyatni Madridning «Atletiko» klubi va A Seriyaning bir nechta jamoalari ham diqqat bilan kuzatib borishmoqda.

Kiritildi: 13:15, 22.05.2026.
O'qildi: 595 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик