Italiyalik mutaxassis Maurisio Sarri Rimning «Lasio» klubini tark etishga yaqin turibdi. Murabbiy faoliyatini A Seriyaning boshqa bir jamoasida davom ettirishi mumkin.
Taniqli futbol insayderi Nikolo Skiraning xabar berishicha, 67 yoshli ustoz katta ehtimol bilan «Atalanta» boshqaruvini o‘z qo‘liga oladi. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda turibdi. Sarrining bergamoliklar bilan tuzadigan mehnat shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallanadi. Murabbiyning yangi klubdagi yillik maoshi 3,5 million yevroni tashkil etadi.
Italiya chempionatining so‘nggi turi oldidan «Atalanta» o‘z hisobidagi 58 ochko bilan turnir jadvalida yettinchi o‘rinni egallab turibdi. Bugun, 22 may kuni bergamoliklar safarda «Fiorentina» mehmoni bo‘lishadi.













