Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Arbeloa: «Karvaxal — «Real» futbolchisi qanday bo‘lishi kerakligiga misoldir»

Arbeloa: «Karvaxal — «Real» futbolchisi qanday bo‘lishi kerakligiga misoldir»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa 23 may kuni «qaymoqranglilar» safida o‘zining so‘nggi o‘yinini o‘tkazadigan Daniel Karvaxal haqida fikr bildirdi.

«Karvaxal — «Real» futbolchisi qanday bo‘lishi kerakligiga misol. U o‘ziga xos va takrorlanmas. Bu barcha uchun unga hurmat bajo keltirish uchun ajoyib kun bo‘ladi. U o‘yinni ilk daqiqalardan boshlaydi va ishonchim komilki, men uni almashtirgan paytimda hamma unga ehtirom ko‘rsatish uchun o‘rnidan turadi. O‘tmishga nazar tashlar ekan, u qilgan ishlaridan juda faxrlanadi», — dedi Arbeloa matbuot anjumanida.

Avvalroq 34 yoshli Karvaxal joriy mavsum yakunlanganidan keyin «Real»ni tark etishi ma’lum bo‘lgan edi. Mish-mishlarga ko‘ra, futbolchi o‘rtadagi ziddiyat tufayli Arbeloani xayrlashuv kechki ovqatiga taklif qilmagan.

Kiritildi: 14:34, 22.05.2026.
O'qildi: 620 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик