«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot Londonning «Arsenal» klubini chempionlik bilan tabrikladi.
«Men «Arsenal»ni Premyer-ligadagi g‘alabasi bilan tabriklayman. Mikel va uning murabbiylar shtabi ulkan ishni amalga oshirdi. Ammo ular o‘tgan safargidan butunlay boshqacha chempionga aylanishdi. So‘nggi 30 yil ichida birinchi marta gollarning 40 foizi standart vaziyatlardan kiritildi! Luis Enrike ularning ligamizda to‘psiz harakatlanish bo‘yicha eng yaxshisi ekanini aytgan edi — men bunga qo‘shilaman», — deya Slotning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.
«Arsenal» 37-turdan keyin 82 ochko jamg‘arib, muddatidan avval Angliya chempioniga aylandi. «Manchester Siti»dan farq to‘rt ochkoni tashkil etadi. «To‘pchilar» 2004 yildan beri ilk bor oltin medallarni qo‘lga kiritdilar. «Liverpul» esa beshinchi o‘rinda bormoqda va hozircha Chempionlar ligasidagi ishtirokini rasman kafolatlamagan, ammo mersisaydliklar mag‘lub bo‘lishsa ham, katta ehtimol bilan ular bu huquqni qo‘lga kiritishadi.













