Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Barselona» Mark Kasado borasida qaror qabul qildi

«Barselona» Mark Kasado borasida qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

«Barselona» yarim himoyachisi Mark Kasado zaxirada qolayotganidan norozi, shu sababli yozgi transferlar oynasida jamoadan ketish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Diario Sport xabariga ko‘ra, bosh murabbiy Xans-Diter Flik yarim himoyachi bilan suhbat o‘tkazib, Pedri, Frenki de Yong, Gavi va Mark Bernal nima uchun undan ustunroq ko‘rilayotganini tushuntirgan. Kasado nemis mutaxassisining ochiqligini qadrlagan.

Klub 22 yoshli futbolchini olib qolishga tayyor va uni sotishga undamaydi. Mark Kasadoning taqdiri o‘ziga bog‘liq — agar u transfer so‘ramasa, jamoadan ketmaydi.

Kelasi bir necha hafta ichida ispaniyalik futbolchining agentlari «Barselona» sport direktori Deku bilan kelajakni muhokama qilish uchun uchrashuv o‘tkazadi.

Kiritildi: 08:40, 23.05.2026.
O'qildi: 1075 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик