Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 02:00 Paragvay 0-1 Fransiya
06/07 01:00 Braziliya - Norvegiya
06/07 05:00 Meksika - Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr

«Arsenal» 70 million yevrolik futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi

«Arsenal» 70 million yevrolik futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi

Baho:
+ | -

«Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skott faoliyatini Londonning «Arsenal» klubida davom ettirishi mumkin. Arsenal Radar xabariga ko‘ra, «kanonirlar» «giloslar» vakili bilan shartnoma imzolash imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Futbolchiga boshqa mahalliy grandlar ham da’vogarlik qilmoqda.

«Bornmut» o‘z yulduzini sotish niyatida emas va u uchun taxminan 60 million funt sterling (deyarli 70 million yevro) so‘ramoqda.

Aleks Skott Andoni Iraola boshqaruvidagi jamoa safida joriy mavsumda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Nufuzli Transfermarkt portali ekspertlari futbolchining bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda. Yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 08:52, 23.05.2026.
O'qildi: 756 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик