Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Inter Mayami» yarim himoyachisi Kazemironing jamoaga kelishi haqida gapirdi

«Inter Mayami» yarim himoyachisi Kazemironing jamoaga kelishi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Inter Mayami» yarim himoyachisi Telasko Segoviya «Manchester Yunayted» yulduzi Kazemironing Amerika klubiga o‘tishi haqidagi xabarlarni amalda tasdiqladi.

ESPN nashrining yozishicha, venesuelalik futbolchi Kazemironing jamoaga kelishini ijobiy baholab, uni katta kuch sifatida e’tirof etgan:

«Men Kazemiro kelayotganini bilaman. U – buyuk futbolchi. Agar bu sodir bo‘lsa, biz uni katta xursandchilik bilan kutib olamiz. Ishonamanki, u jamoamizga juda katta foyda keltiradi», — dedi Segoviya.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» avvalroq 34 yoshli braziliyalik futbolchi mavsum yakunida erkin agent sifatida klubni tark etishini e’lon qilgan edi. Kazemiro o‘z faoliyati davomida «Real Madrid» safida besh marta Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan, shuningdek, «San-Paulu» va «Portu» klublari sharafini himoya qilgan.

Joriy mavsumda «qizil iblislar» tarkibida 35 ta uchrashuvda maydonga tushgan yarim himoyachi 9 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 8 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 19:58, 23.05.2026.
O'qildi: 1025 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик