Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya 2-1 Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

Alaba «Real»dagi xayrullashuv o‘yinidan so‘ng muxlislarga murojaat qildi

Alaba «Real»dagi xayrullashuv o‘yinidan so‘ng muxlislarga murojaat qildi

Baho:
+ | -

David Alaba klubdagi so‘nggi o‘yinidan so‘ng «Santyago Bernabeu» tomoshabinlari bilan xayrlashdi. Avstriyalik futbolchi La Liganing so‘nggi turi doirasida «Atletik Bilbao»ga qarshi kechgan bahsning 70-daqiqasida zaxiraga olindi. Uchrashuv «qaymoqranglilar»ning 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Final hushtagidan so‘ng Alaba mikrofon orqali muxlislarga xayrullashuv nutqini so‘zladi.

«Men uzun nutq tayyorlamagandim, ozgina xijolatdaman. Barcha yillar va qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat aytmoqchiman. Og‘ir jarohatni boshdan o‘tkazdim, shu sabab kutganimdan kamroq o‘ynadim, lekin siz doim yonimda bo‘ldingiz. Hammasi uchun sizdan minnatdorman. Siz abadiy qalbimdasiz. Hala Madrid!» — deya 33 yoshli futbolchining so‘zlarini Madrid Xtra nashri keltiradi.

David Alaba 2021 yildan beri «Real» sharafini himoya qilib kelayotgan edi.

Kiritildi: 03:36, 24.05.2026.
O'qildi: 980 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик