Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

«Sporting» sardori «Real»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

«Sporting» sardori «Real»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Lissabonning «Sporting» klubi sardori Morten Yulmann o‘zining Madridning «Real» klubiga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi. OAVda tarqalgan gap-so‘zlarga ko‘ra, 26 yoshli daniyalik yarim himoyachini xarid qilish g‘oyasini «qaymoqranglilar»ning bo‘lajak bosh murabbiyi Joze Mourinyo ilgari surmoqda (hozircha u rasman «Benfika»ni tark etmagan).

«Meni «Real» bilan bog‘lashlari juda yoqimli, ammo hozir men «Sporting»daman va o‘z klubimni sevaman. Barcha e’tiborimni bo‘lajak o‘yinga qaratganman. Kelajak haqida esa o‘yindan keyin gaplashamiz», — deya Yulmannning so‘zlarini keltirmoqda Madrid Zone.

Bugun «sherlar» Portugaliya Kubogi finalida «Torrenshe» bilan kuch sinashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:15 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 12:08, 24.05.2026.
O'qildi: 1447 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик