Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya 0-1 Ispaniya
07/07 05:00 AQSh 1-4 Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

«Arsenal» va «Manchester Siti» muxlislari o‘rtasidagi «trolling» davom etmoqda (foto)

«Arsenal» va «Manchester Siti» muxlislari o‘rtasidagi «trolling» davom etmoqda (foto)

Baho:
+ | -

«Arsenal» muxlislari «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yinda «Manchester Siti» muxlislarini mazax qilishdi.

APLning 38-tur doirasidagi bahs «Selxerst Park» stadionida bo‘lib o‘tmoqda. Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» muddatdan oldin chempionlikni rasmiylashtirib bo‘lgan.

«Kanonirlar»ning ba’zi muxlislari stadionga yorlig‘ida «Manchester Siti» logotipi va «115 ml» yozuvi bo‘lgan plastik idishlarda suv olib kirishdi. Bu «shaharliklar»ning moliyaviy qoidabuzarliklar bilan bog‘liq 115 ta ayblovga ishora hisoblanadi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda «Manchester Siti» muxlisining «Arsenal» logotipi tushirilgan xuddi shunday idish bilan tushgan suratlari tarqalgan edi. 19 aprel kuni 33-tur doirasidagi o‘zaro o‘yin oldidan «Etixad» stadioni atrofida shunday idishlarda suv sotilgandi. O‘shanda «shaharliklar» muxlislari «Arsenal»ning avvalgi ikki mavsumda boy bergan chempionlik imkoniyatlari va jamoalar o‘rtasidagi ochkolar farqi qisqarganini mazax qilishgan edi.

Kiritildi: 21:19, 24.05.2026.
O'qildi: 1276 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик