Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Yuventus» Alisson bo‘yicha ilk taklifni yubordi

«Yuventus» Alisson bo‘yicha ilk taklifni yubordi

Baho:
+ | -

Turinning «Yuventus» klubi «Liverpul» bilan braziliyalik darvozabon Alisson Beker transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi.

Tuttosport nashrining xabariga ko‘ra, Italiya klubi rahbariyati inglizlarga 5 million yevro miqdoridagi ilk taklifni yuborgan. Mersisaydliklar esa 33 yoshli posbonni ancha balandroq — taxminan 20 million yevroga baholamoqda.

Shunga qaramay, Turindagilar optimizmni saqlab qolishmoqda va muzokaralar davomida narxni tushirishga umid qilishmoqda, chunki Alissonning o‘zi A Seriyaga qaytishga qiziqish bildirmoqda. «Yuventus» «Roma»ning sobiq darvozaboniga yiliga 4,5 million yevro maosh bilan 3 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot esa tajribali darvozabonning ketishi jamoa ichki muhitiga salbiy ta’sir qilishidan xavotirda. Alissonning kelajagi noaniq bo‘lib turgan bir paytda, o‘tgan yozda uning o‘rinbosari sifatida sotib olingan Georgiy Mamardashvilining bir nechta A Seriya klublariga ijaraga taklif qilinayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Agar Alisson transferi amalga oshmasa, «Yuventus» muqobil variantlarni ko‘rib chiqadi. Ular orasida «Fiorentina» darvozaboni David de Xea ham bor.

Kiritildi: 15:33, 26.05.2026.
O'qildi: 463 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик