Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

«Yuventus» xo‘jayini Komolli va Spalletti bilan keyingi faoliyatni muhokama qiladi

«Yuventus» xo‘jayini Komolli va Spalletti bilan keyingi faoliyatni muhokama qiladi

Baho:
+ | -

«Yuventus» klubi rahbariyat va murabbiylar shtabi o‘rtasidagi vakolatlar taqsimoti fonida ichki keskinlikni boshdan kechirmoqda. Bu haqda Tuttosport nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, klub egasi Djon Elkann sport direktori Damyen Komollini qo‘llab-quvvatlashga tayyor, biroq shu bilan birga hokimiyat muvozanatini bosh murabbiy Luchano Spalletti foydasiga o‘zgartirmoqchi. Elkannning asosiy g‘oyasi — Spallettiga ham o‘yin uslubi, ham transfer qarorlariga ko‘proq ta’sir o‘tkazish imkoniyatini berishdan iborat.

Klubda bir yil oldin boshlangan loyiha moslashtirishga muhtojligi tan olinmoqda, ayniqsa «Yuventus» A Seriyada kuchli to‘rtlikka kira olmaganidan keyin bu masala dolzarb bo‘lib qoldi.

Yaqin kunlarda Elkann Komolli bilan yakkama-yakka uchrashuv o‘tkazishi kutilmoqda. O‘zaro kelishuvga erishilgach, klubning kelajakdagi tuzilmasi muhokamasiga bosh murabbiy ham jalb etiladi. Ma’lum bo‘lishicha, Spalletti o‘z yonida tarkibni shakllantirish ustida har kuni ishlaydigan alohida transfer mutaxassisini ko‘rishni istamoqda. Hozirda jamoada bunday shaxs mavjud emas.

Kiritildi: 17:11, 26.05.2026.
O'qildi: 618 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик