Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/07 20:00 Neftchi 2-1 Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor 1-3 Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona 2-0 Xorazm
17/07 20:00 Navbahor - OKMK
17/07 20:00 Mash’al - Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor - Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon

Spalletti Salohni «Yuventus»ga olib kelishni talab qilmoqda

Spalletti Salohni «Yuventus»ga olib kelishni talab qilmoqda

Baho:
+ | -

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh A Seriyaga qaytishi mumkin. La Repubblica nashrining xabariga ko‘ra, misrlik futbolchiga «Yuventus» jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Turin klubi bosh murabbiyi Luchano Spalletti hujumchini o‘zining yangilanayotgan jamoasining bosh yulduziga aylantirmoqchi. E’tiborli jihati, Saloh avvalroq (2016-2017 yillarda) «Roma»da aynan Spalletti qo‘l ostida to‘p tepgan.

Salohning «Fiorentina» va «Roma»dagi tajribasi uning Italiya futboliga moslashishi uchun vaqt talab etmasligini anglatadi. Uning yuqori samaradorligi esa Salohni transfer bozoridagi eng jozibador erkin agentlardan biriga aylantirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Muhammad Saloh 1 iyul kuni «Liverpul»ni tark etadi. U «qizillar» sharafini 2017 yildan beri himoya qilib kelayotgan edi.

Kiritildi: 20:50, 26.05.2026.
O'qildi: 724 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик