Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Neftchi» Xayns-YUrgen Gede bilan xayrlashdi

«Neftchi» Xayns-YUrgen Gede bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

«Neftchi» murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan tajribali germaniyalik mutaxassis Xayns-YUrgen Gede bugun jamoa bilan do‘stona tarzda xayrlashdi.

Faoliyati davomida mutaxassis «Neftchi»ning rivojlanishi va yuksalishi yo‘lida o‘zining boy tajribasi, professional yondashuvi hamda qimmatli maslahatlari bilan murabbiylar shtabiga, xususan bosh murabbiy Islombek Ismoilovga yaqindan ko‘mak berib keldi. Uning futbol borasidagi bilim va tajribasi jamoamiz uchun muhim tayanchlardan biri bo‘ldi.

Oilaviy sabablarni inobatga olgan holda Xayns-YUrgen Gede «Neftchi»ni tark etish qarorini qabul qildi. Klub ushbu qarorni chuqur hurmat bilan qabul qildi va qanchalik og‘ir bo‘lmasin, mutaxassis bilan xayrlashishga majbur bo‘lmoqda.

"Qisqa vaqt davomida jamoamiz bilan samarali faoliyat olib borgan murabbiy O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritishda o‘z hissasini qo‘shdi. Shubhasiz, uning mehnati va tajribasi jamoamiz tarixida unutilmas iz qoldiradi hamda u klubimiz rivojiga hissa qo‘shgan insonlar safidan munosib o‘rin egallaydi.

“Neftchi” PFK rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar hamda klubning barcha xodimlari nomidan Xayns-YUrgen Gedega kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, oilaviy xotirjamlik, mustahkam sog‘liq va omad tilaymiz", — deyiladi klub matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 21:01, 26.05.2026.
O'qildi: 996 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик