«Kremoneze» hujumchisi Jeymi Vardi tez orada klubni tark etadi. A Seriyada jon saqlab qola olmagan jamoa 39 yoshli ingliz bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi.
Jurnalist Nizaar Kinsellaning xabar berishicha, Vardining o‘zi hamon yuqori darajada to‘p sura olishiga ishonmoqda va hatto Angliya Premyer-ligasiga qaytishni rejalashtirmoqda. Eslatib o‘tamiz, Italiyaga ko‘chib o‘tgunga qadar Jeymi 13 yil davomida «Lester» safida porlagan edi.
Yakunlangan A Seriya mavsumida Vardi 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













