Kirish Ro'yxatdan o'tish

Saloh va «Liverpul»ning yana ikki futbolchisi Italiya klubiga o‘tishi mumkin

Saloh va «Liverpul»ning yana ikki futbolchisi Italiya klubiga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

Turinning «Yuventus» klubi rahbariyati o‘z tarkibini «Liverpul»ning bir yo‘la uch nafar o‘yinchisi bilan kuchaytirmoqchi. Bu haqda La Repubblica nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «keksa sinyora» qiziqishlari doirasida quyidagi futbolchilar bor:

Himoyachi Endryu Robertson;

Hujumchi Muhammad Saloh;

Darvozabon Alisson Beker.

Robertson va Saloh Italiya grandi safiga erkin agent sifatida tekinga o‘tishi mumkin. Darvozabon Alisson uchun esa Turin klubi tovon puli to‘lashiga to‘g‘ri keladi, chunki braziliyalik posbonning «qizillar» bilan shartnomasi kelgusi yilning yozida yakuniga yetadi.

Ma’lumot uchun, yakunlangan Seriya A mavsumida «Yuventus» 69 ochko bilan turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egalladi.

Kiritildi: 13:21, 27.05.2026.
O'qildi: 669 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик