Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rafael Leauga ikkita Yevropa klubidan taklif bor, ammo...

Rafael Leauga ikkita Yevropa klubidan taklif bor, ammo...

Baho:
+ | -

«Milan» hujumchisi Rafael Leau transfer bozorida katta talabga ega. Insayder Nikolo Skiraning hisobotiga ko‘ra, 26 yoshli futbolchiga nomi oshkor etilmagan ikkita Yevropa klubi qiziqish bildirmoqda.

Portugaliyalik futbolchi esa hozircha jamoadan ketish niyatida emas. Hujumchi yangi murabbiy kelishini va u kelasi mavsumda o‘z rolini oydinlashtirib olishini kutmoqda.

Leau yakunlangan mavsumda «rossonerilar» safida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga o‘nta gol va uchta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali baholashicha, futbolchining bozor qiymati 65 million yevroni tashkil etadi. Rafaelning «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 08:12, 28.05.2026.
O'qildi: 276 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик