«Liverpul» darvozaboni Georgiy Mamardashvili faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, A Seriyaning uchta vakili – «Yuventus», «Inter» va «Fiorentina» klublariga gruziyalik futbolchini kelasi mavsum uchun ijaraga olish taklif qilingan. Ayni paytda muzokaralar davom etmoqda.
Georgiy Mamardashvili o‘tgan mavsumda Arne Slot jamoasi safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, jami 34 ta gol o‘tkazib yubordi va 3 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli darvozabonning Transfermarkt portalidagi bozor qiymati 28 million yevroga baholanmoqda, uning «qizillar» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilga qadar mo‘ljallangan.













