Kirish Ro'yxatdan o'tish

Silva katta maoshdan voz kechdi

Silva katta maoshdan voz kechdi

Baho:
+ | -

Marku Silva o‘z yurti — Portugaliyaga qaytmoqda. talkSPORT nashrining xabar berishicha, 48 yoshli mutaxassis «Benfika» bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanish bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan. «Burgutlar» boshqaruvida Silva Joze Mourinyoning o‘rnini egallaydi — «The Special One» yana «Real Madrid»ga qaytishga juda yaqin turibdi.

«Fulxem» Marku Silvani saqlab qolishga urinib, unga yiliga 8 million funt (9,2 million yevro) maosh to‘lanadigan yangi shartnoma taklif qilgan edi. Biroq «Benfika» murabbiyga ikki barobar kam — mavsumiga 4 million funt (4,6 million yevro) taklif qilgan bo‘lsa-da, Marku Silva Lissabonga ko‘chib o‘tishni tanladi.

Marku Silva Portugaliyada avvalroq «Eshtoril» va «Sporting» jamoalarini boshqargan. Shundan so‘ng u chet elda «Olimpiakos», «Xall Siti», «Uotford», «Everton» va «Fulxem» klublarida faoliyat yuritgan.

Kiritildi: 12:33, 28.05.2026.
O'qildi: 303 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик