Avvalroq OAVda Tiav fevral oyidan beri shartnomasiz ishlayotgani va maosh olmayotgani sababli jahon chempionatiga borishni boykot qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Federasiya bayonotida quyidagilar ta’kidlangan.
«Delegasiya uchishining kechikishi faqat ma’muriy va logistik muammolar, xususan, AQSH hududiga maxsus reys uchun ruxsatnoma olish hamda ayrim xodimlarning vizalarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq.
FSF murabbiyning shartnoma sabab safardan voz kechgani haqidagi asossiz mish-mishlarni keskin rad etadi. Kontrakt bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda, biroq bu jamoaga hech qanday ta’sir ko‘rsatgani yo‘q.
Yuzaga kelgan kichik texnik muammolar futbolchilar va murabbiylar shtabining jipsligiga putur yetkazmaydi. Jamoa AQSHdagi muhim o‘yinlar oldidan birdamlikni saqlab qolgan. Federasiya jamoatchilikni dezinformasiyadan himoya qilish uchun shaffof va ishonchli ma’lumot berib borishga tayyor».













