Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Tottenxem» xo‘jayinlari jamoada katta o‘zgarishlar bo‘lishini e’lon qilishdi

«Tottenxem» xo‘jayinlari jamoada katta o‘zgarishlar bo‘lishini e’lon qilishdi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» klubiga egalik qiluvchi Jo Lyuis oilasi mavsum yakunlari bo‘yicha muxlislarga rasmiy bayonot bilan chiqib, jamoada keng ko‘lamli qayta qurish ishlari boshlanishini ma’lum qildi.

2025/2026 yilgi mavsumda «shporlar» turnir jadvalida 17-o‘rinni egallashdi. Jamoa faqat so‘nggi turda «Everton» ustidan qozonilgan g‘alaba (1:0) tufayli Premyer-ligadan chiqib ketish xavfidan qutulib qoldi.

Muxlislarga yo‘llangan murojaatdan asosiy nuqtalar:

  • Mas’uliyat: «Klub egalari sifatida biz «Tottenxem» hozirda tushib qolgan holat uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmamizga olamiz. 17-o‘rin klubimiz maqomiga mutlaqo mos emas».

  • Sotmaslik va Investisiya: «Biz klubni sotmoqchi emasmiz. Aksincha, akademiya, asosiy jamoa va barcha xizmatlarga katta miqdorda sarmoya kiritishga tayyormiz».

  • O‘zlikni tiklash: «Maqsadimiz — «Tottenxem»ning o‘ziga xos bo‘lgan jasur va hujumkor o‘yin uslubini qaytarish. Futbol biz uchun birinchi o‘rinda bo‘ladi».

  • O‘zgarishlar davri: «Zarur o‘zgarishlar ko‘p vaqt va kuch talab etadi, ammo bu jarayon allaqachon boshlandi».

Eslatib o‘tamiz, 24 may kuni bo‘lib o‘tgan hal qiluvchi o‘yinda Joau Palinya tomonidan urilgan yagona gol «Tottenxem»ni elitada saqlab qolgan edi. Klub rahbariyati yaqin oylar ichida ishlab chiqilgan rejalarni amalga oshirishga va’da bermoqda.

Kiritildi: 16:10, 28.05.2026.
O'qildi: 591 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик