«Liverpul» himoyachisi Ibraima Konate yozda erkin agent sifatida ingliz klubini tark etishi mumkin, deb xabar bermoqda «talkSPORT».
Manbaning ma’lum qilishicha, 27 yoshli fransiyalik futbolchi va «qizillar» yangi shartnoma borasida kelisha olmagan. Hozirgi shartnoma muddati 1 iyul kuni o‘z yakuniga yetadi.
«Transfermarkt» portali futbolchining bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda. U 2021 yildan buyon «Liverpul» safida to‘p surib kelmoqda.
Konate joriy mavsumda barcha musobaqalarda 51 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol muallifiga aylangan.













