Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

«Inter» Denzel Dyumfrisga o‘rinbosar topdi

«Inter» Denzel Dyumfrisga o‘rinbosar topdi

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi yozgi transferlar oynasida tarkibni yangilashga kirishdi. «Neradzurrilar» «Atalanta» himoyachisi Marko Palestrani o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, milanliklar 21 yoshli italiyalik iqtidor uchun 40 million yevro to‘lashga tayyor. Klub ushbu futbolchini jamoani tark etishi kutilayotgan Denzel Dyumfrisga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Eslatib o‘tamiz, Dyumfrisning shartnomasidagi bandga ko‘ra, u yozda 25 million yevro evaziga jamoadan ketishi mumkin. «Inter» bosh murabbiyi Kristian Kivu ushbu transferni ma’qullagan.

Marko Palestra o‘tgan mavsumni «Kalyari» safida ijara asosida o‘tkazdi. Italiya A Seriyasidagi 37 ta uchrashuvda maydonga tushgan yosh himoyachi 1 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Palestraning «Atalanta» bilan tuzgan amaldagi kelishuvi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 10:05, 29.05.2026.
O'qildi: 447 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик