Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Arsenal» prezidenti Artetaning jamoadagi kelajagi haqida gapirdi

«Arsenal» prezidenti Artetaning jamoadagi kelajagi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi prezidenti Josh Kronke ispaniyalik mutaxassis Mikel Artetaning «kanonirlar» bosh murabbiyi sifatidagi kelajagi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Artetani saqlab qolish – bizning asosiy maqsadimiz. Mikelga «Arsenal»da ishlash yoqadi, u bizning loyihamizdan zavqlanmoqda. U haqiqiy «kanonir», – deya Kronkening so‘zlarini keltiradi ESPN.

Angliya Premyer-ligasining o‘tgan mavsumida «Arsenal» chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi.

Ertaga, 30 may, shanba kuni, London jamoasi UYEFA Chempionlar ligasining final bahsida Fransiyaning «PSJ» klubi bilan to‘qnash keladi. Nufuzli turnirning hal qiluvchi uchrashuvi Budapesht (Vengriya) shahrida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 11:05, 29.05.2026.
O'qildi: 259 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик