Kelvin Fillipsni o‘z tarkibiga qo‘shib olish Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi «Manchester Siti» tomonidan yo‘l qo‘yilgan eng katta transfer xatolaridan biriga aylandi. 2022 yilda «shaharliklar» yarim himoyachini «Lids»dan deyarli 50 million yevro evaziga sotib olishgan edi.
Jurnalist Jeyson Byortning ma’lumotiga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis Fillipsni boshqa bir yarim himoyachi – Deklan Raysdan ustun ko‘rgan. Gvardiola o‘sha paytdagi «Lids» yulduzi kengroq diapazonli paslarga ega ekani va maydonni yaxshiroq «skaner» qilishiga ishongan.
Kelvin Fillips hamon «Siti»ga tegishli, biroq butun vaqt davomida jamoa safida atigi 32 ta o‘yin o‘tkazgan. 30 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida «Sheffild Yunayted»da o‘tkazdi. Deklan Rays esa 2023 yilning yozida «Vest Xem»dan «Arsenal»ga 116,6 million yevro evaziga o‘tgan edi. Yaqinda 27 yoshli futbolchi «Arsenal» safida Angliya Premyer-ligasi g‘olibi bo‘ldi.













