Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

Saudiya Arabistoni terma jamoasi himoyachisi o‘g‘irlangan pasportini tikladi va JCH-2026da ishtirok etadi

Saudiya Arabistoni terma jamoasi himoyachisi o‘g‘irlangan pasportini tikladi va JCH-2026da ishtirok etadi

Baho:
+ | -

Niderlandiyada pasportini o‘g‘irlatib qo‘ygan «Lans» va Saudiya Arabistoni terma jamoasi himoyachisi Saud Abdulhamid hujjatlarini tiklashga muvaffaq bo‘ldi va tez orada milliy jamoa ixtiyoriga yetib keladi.

«Saud Abdulhamid hujjatlarni olish bilan bog‘liq barcha zarur jarayonlarni yakunlab, payshanba kuni «yashil burgutlar» qarorgohiga qo‘shiladi», — deb xabar bermoqda Saudiya Arabistoni futbol federasiyasi (SAFF) matbuot xizmati.

Avvalroq, futbolchi Amsterdamda pasporti o‘g‘irlangani sababli terma jamoa yig‘iniga o‘z vaqtida yetib kela olmagan edi. To‘yga ketayotgan vaqtida noma’lum shaxslar o‘yinchining avtomobilini buzib ochib, shaxsiy buyumlarini o‘g‘irlab ketishgan. Federasiya barcha masalalar hal etilganini va himoyachi payshanba kuni jamoaga qo‘shilishini ma’lum qildi.

Yakunlangan mavsumda Abdulhamid «Lans» safida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 11:34, 29.05.2026.
O'qildi: 698 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик