Kirish Ro'yxatdan o'tish

Shevchenko Mudrikning 4 yilga diskvalifikasiya qilinishi haqida gapirdi va Ukrainaga qo‘yilgan ayblovlarni rad etdi

Shevchenko Mudrikning 4 yilga diskvalifikasiya qilinishi haqida gapirdi va Ukrainaga qo‘yilgan ayblovlarni rad etdi

Baho:
+ | -

Ukraina futbol assosiasiyasi (UAF) prezidenti Andrey Shevchenko «Chelsi» vingeri Mixail Mudrikning doping sababli to‘rt yilga futboldan chetlatilgani haqida fikr bildirdi. Shuningdek, u qoidabuzarlik milliy terma jamoa ixtiyorida sodir bo‘lgani haqidagi ayblovlarni rad etdi.

«Birinchidan, UAF hech qachon bu vaziyatda nizolashuvchi tomon bo‘lmagan. Bizning pozisiyamiz bitta: biz Mixailga ishonamiz va uning hamma ishni to‘g‘ri qilganiga imonimiz komil. Uning qaytishini kutamiz. Biz doimo yuristlar tomonidan yuborilgan so‘rovlarga javob berganmiz va qo‘limizdan kelgan barcha ma’lumotlarni taqdim etganmiz.

Mudrikning yuristlari bilan doimiy muloqotda bo‘ldik. Hozirda Mixail Angliya futbol assosiasiyasidan to‘rt yillik «ban» olgan. U ushbu qaror ustidan apellyasiya berdi va tez orada Lozannadagi sud (CAS) bu ishni ko‘rib chiqadi. Umid qilamizki, ular to‘g‘ri qaror qabul qilib, diskvalifikasiya muddatini qisqartirishadi.

Yana bir bor qaytaraman, Ukraina futbol assosiasiyasiga nisbatan «sizlar aybdorsiz» degan ma’noda hech qanday da’vo yo‘q. Yuridik sir tufayli hamma detallarni ochiqlay olmayman, lekin biz yordam berish uchun maksimal ma’lumotlarni berdik», — dedi Shevchenko «Bombardir» YouTube-kanaliga bergan intervyusida.

Kiritildi: 12:00, 29.05.2026.
O'qildi: 452 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик