Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

«Real», «Bavariya» va «Chelsi» Konate bilan shartnoma imzolamoqchi

«Real», «Bavariya» va «Chelsi» Konate bilan shartnoma imzolamoqchi

Baho:
+ | -

«Liverpul» himoyachisi Ibraima Konate bir yo‘la bir nechta top-klublarning e’tiborini tortmoqda. 27 yoshli futbolchi «qizillar» bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelisha olmagani va yozda ingliz klubini erkin agent sifatida tark etishi haqida xabarlar tarqalgandi.

L’Equipe ma’lumotlariga ko‘ra, fransiyalik himoyachiga yaqin manbalar muzokaralar berk ko‘chaga kirib qolganini va tomonlar o‘zaro kelishuvga erisha olmasligini ta’kidlamoqda. Nashrning qayd etishicha, bu vaziyat «Liverpul» uchun omadsiz kechgan mavsum fonida shartnomaning tuzilishi va moliyaviy shartlari bo‘yicha kelib chiqqan ichki kelishmovchiliklar tufayli yuzaga kelgan.

Avvalroq himoyachini qo‘lga kiritishda «PSJ» eng katta imkoniyatga ega ekanligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. L’Equipe qo‘shimcha qilishicha, «Real», «Bavariya» va «Chelsi» ham futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘radi. Kutilishicha, fransiyalik himoyachi 2026 yilgi Jahon chempionatiga jo‘nab ketishdan oldin o‘z kelajagi borasida yakuniy qarorga keladi.

Kiritildi: 13:37, 29.05.2026.
O'qildi: 775 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик