«Rayo Valyekano» ustozi Inigo Peres o‘z lavozimidan ketayotganini e’lon qildi. Mutaxassis jamoani tark etish qarori unga juda og‘ir kelganini, biroq bu qadamni zarur deb hisoblashini ma’lum qildi.
«Biz birgalikda o‘z maqsadlarimizga erishdik va hatto o‘ylamagan orzularimizni ro‘yobga chiqardik. Biz amalga oshirgan ishlardan mamnunman», — deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi «Mundo Deportivo».
Eslatib o‘tamiz, «Rayo Valyekano» yaqindagina Konferensiyalar ligasi finalida «Kristal Pelas»ga minimal hisobda — 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. La Ligada esa Peres jamoasi sakkizinchi o‘rinni egalladi. Avvalroq matbuotda yangi bosh murabbiy qidirayotgan «Vilyarreal» klubi mutaxassisni o‘z safiga taklif qilmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.













