«Manchester Siti»ning braziliyalik vingeri Savio faoliyatini Londonning «Tottenxem» klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «shporlar» 22 yoshli futbolchiga bo‘lgan jiddiy qiziqishni saqlab qolmoqda va transferni yaqinlashib kelayotgan yozgi oynadayoq amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Eslatib o‘tamiz, «Tottenxem» avvalroq ham Savio uchun harakat qilib ko‘rgandi, biroq o‘sha paytda «Manchester Siti»ning sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola futbolchining ketishiga qarshilik qilgan edi. Gvardiola mavsum yakunlangach, jamoani tark etdi, bu esa transfer ehtimolini oshirishi mumkin.
Savinyo yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchini 40 million yevroga baholamoqda.













