Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Atletiko» Xulian Alvares bo‘yicha muzokaralarni bloklab qo‘ydi

«Atletiko» Xulian Alvares bo‘yicha muzokaralarni bloklab qo‘ydi

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi hujumchi Xulian Alvaresning kelajagi bilan bog‘liq mish-mishlar fonida «Barselona» va futbolchining vakillari o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvga taqiq qo‘ydi. Bu haqda insayder Veronika Brunati xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, Kataloniya klubi va argentinalik forvardning agentlari aynan bugun muzokaralar stoliga o‘tirishni maqsad qilishgan edi, biroq poytaxt klubi bu muloqotning amalga oshishiga qat’iyan qarshilik ko‘rsatgan.

«Matraschilar» rahbariyati ushbu masala bo‘yicha o‘z pozisiyasini aniq va londa bayon qilgan: «Futbolchi transferga qo‘yilmagan. Uning amaldagi shartnomasi mavjud va biz undan juda mamnunmiz».

Bundan tashqari, Madrid grandi Alvaresni 2026/27 yilgi mavsum rejalariga kiritgan va hozirgi sharoitda uning jamoani tark etishi borasida hech qanday muzokara olib borish niyatida emas. «Barselona» rahbariyati ham «Atletiko» ular taklif qilayotgan shartlar asosida muloqotga kirishmasligini tushunib turibdi, bu esa transfer bo‘yicha ilgarilash imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi.

Shuningdek, xabarda qayd etilishicha, argentinalik iqtidor egasi atrofidagi vaziyatni Londonning «Arsenal» hamda Fransiyaning «PSJ» klublari ham diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Kiritildi: 13:15, 01.06.2026.
O'qildi: 1432 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик