«Manchester Yunayted» «Midlsbro» yarim himoyachisi Xeyden Xakni uchun kurashga qo‘shildi. The Northern Echo nashri xabariga ko‘ra, bu tashabbus bilan manchesterliklar bosh murabbiyi Maykl Kerrik chiqqan.
23 yoshli yarim himoyachi jamoasi pley-off bosqichidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng «Midlsbro»ni tark etishi kutilmoqda. Xaknining shartnomasi bir yildan keyin o‘z nihoyasiga yetadi, shu sababli klub futbolchini yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida sotish orqali daromad olishni rejalashtirmoqda.
Xakni asosan tayanch yarim himoyachisi zonasida harakat qiladi, ammo markazda va chap qanotda ham o‘ynay oladi. U joriy mavsumda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi va 4 ta sariq kartochka oldi.
Karrik ushbu futbolchini «Midlsbro»da uch mavsum davomida boshqargan, unga asosiy tarkibdan joy bergan va uning yuqori salohiyatini bir necha bor ta’kidlab o‘tgan. Bosh murabbiy bozor qiymati 32 million yevroga baholanayotgan futbolchini uzoq muddatli sarmoya sifatida ko‘rmoqda. Xeyden Xakniga «Kristal Pelas», «Tottenxem» va «Everton» klublari ham qiziqish bildirmoqda.













